2 yildan so‘ng Toshkent nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

Sport

image

Shu kunlarda Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha “Satellit” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqani kuzatib borish uchun Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi rahbari Dayrit Salso ham tashrif buyurgan.

Musobaqa doirasida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuv va konferensiyalarda ushbu sport taraqqiyoti borasida bir qator dasturlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Shulardan birida 2021 yili qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbon mamlakat nomini aniqlash masalasi ko‘rib chiqildi. 

E’tiborlisi, nomzod shaharlar orasida Toshkent shahri varianti munosib ko‘rilib, O‘zbekiston poytaxti 2 yildan so‘ng o‘tkaziladigan nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

sport qilichbozlik

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing