2.8 mlrd so‘mlik tenderda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan AJ jarimaga tortildi
3-sahifa
−
23 avgust 2024
2229Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi" AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yil davlat xaridlari sohasidagi o‘rganishlari natijasida, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2.8 mlrd so‘mdan ortiq o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishlar yuzasidan, tashkilotga “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan hamda natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning sotilishida qonunga zid harakatlar aniqlangan “Amudaryotex” MCHJ XKga jarima qo‘llangandi.
LiveBarchasi