Qarz bugun to‘lab beriladi, eski rahbariyatga adovatimiz yo‘q – Qudratxo‘ja

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi sobiq raisi Firdavs Abdxoliqovdan yangi rais Sherzodxon Qudratxo‘jaga qariyb 3 mlrd so‘m qarz bilan meros qolgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 7 may kuni Assotsiatsiyaga a’zo barcha radiolarga 750 million so‘m miqdoridagi qarz to‘liq to‘lab beriladi. Bu haqda Sherzodxon Qudratxo‘ja QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

7 may – xalqaro radio kuni munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo radiolar rahbarlari uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Assotsiatsiyasi raisi kuni kecha QALAMPIR.UZ’da elon qilingan 2,7 milliard so‘m qarzdorlik bo‘yicha maqolani eslab, bugun Assotsiatsiya hisob raqamiga pullar kelib tushgani, kechga qadar radiolardan 750 millionlik qarzlar uzilishini e’lon qildi. 

U so‘zida davom etarkan, Assotsiatsiyaning oldingi rahbari Firdavs Abduxoliqov bilan munosabatlari yaxshiligi, unga nisbatan adovati yo‘qligini urg‘ulagan. 

“Biz oldingi rahbariyat bilan ahilmiz. Hamkorlikda ishlayapmiz, adovatimiz yo‘q. Va bugun soat 12:00 – 13:00 da hisob raqamingizga hamma pullar tushadi”. 

Ma’lum bo‘lishicha, davlat tashkilotlarining Assotsiatsiyadan 3,5 milliard so‘mlik qarzdorligi bo‘lgan va tashkilotlar QALAMPIR.UZ’da elon qilingan xabardan keyin Assotsiatsiya oldidagi qarzlaridan uzilgan. 

“Bugun bizning hisob raqamga pul tushdi. Banklar tayyor turibdi”, deydi Assotsiatsiya raisi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 may kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi nomi O‘zbekiston Milliy media assotsiyasiga o‘zgartirildi.

Shuningdek, anjumanda Assosiatsiyaning yangi tarkibi tayinlandi. Unga ko‘ra, Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Abrorjon Po‘latov Bosh direktor, Abdulaziz Abutalipov Bosh direktor birinchi o‘rinbosari, Ulug‘bek Ahmedov Bosh direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Nigora Xo‘jayeva Bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi. 

Ma’lumot uchun, Assotsiatsiya respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda u 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, O‘zbekiston kabel televideniyesiga a’zo bo‘lgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni o‘z ichiga oladi.

Tashkilotga 2003 yilda O‘zbekistonning taniqli mediamagnati, "Darakchi", "So‘g‘diyona" gazetalari, NTT, STV telekanallari va "Poytaxt" radiosi rahbari Firdavs Abduxoliqov tomonidan asos solingan edi. Abduxoliqov o‘ziga tegishli "Sevimli" telekanalida efirga uzatilgan "Sabriya" seriali bilan bog‘liq mashmashalar ortidan Assotsiatsiya raisligidan ketdi


Maqola muallifi

Teglar

Sherzodxon Qudratxo'ja Milliy media assotsiatsiyasi

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made