1992 yilda Surxondaryoda 13 tonna “gashish” qanday aniqlangandi? (video)

3-sahifa

image

Bundan qariyb 30 yil muqaddam O‘zbekiston chegarasidan 13 tonna “gashish” olib o‘tishga urinish bo‘lgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi idoraning 30 yilligi munosabati bilan e’lon qilgan arxiv ma’lumotda keltirib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, 1992-1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga rahbarlik qilgan Xoldor Sherov rahbarligida viloyat bojxonachilari 15 tonna 447 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarini to‘xtatib qolishgan.

Xususan, 1992 yil 8 oktyabrda mayiz ortilgan konteyner ichida 13 tonnadan ziyod “gashish” yashirilganligi aniqlangan. Ushbu narkotik vositalarning qora bozordagi narxi o‘sha vaqtlarda 1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilar edi.

1993 yil 16 fevralda yong‘oq ortilgan 2 ta temir yo‘l konteynerida 1167 kg. “gashish” yashirilganligi fosh qilingan.

Shu yili Surxondaryoda avtorefrijeratorning tom qismiga yashirib, olib o‘tilayotgan1200 kg “geroin” fosh qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing