19 yoshli tennischi “British Airways” yuziga aylandi (foto)

Sport

image

19 yoshli tennischi Emma Radukanu “British Airways”ning yuziga aylandi. U kompaniyaga global brend elchisi sifatida qo‘shildi.

“Men “British Airways” oilasiga global brend elchisi sifatida qo‘shilganimdan juda xursandman. Aviakompaniya men uchun “US Open” turniridan so‘ng uyga uchib kelganimdayoq qadrdon bo‘lib qolgan edi. Men Buyuk Britaniyaning mashhur brendi bilan qiziqarli loyihalar ustida ishlashni intiqlik bilan kutaman”, deydi Radukanu.

Dunyoning 19-raqamli raketka ustasi joriy yil kuzda tennis olamini hayratda qoldirganidan so‘ng, mashhurlikka erishdi. U yilning so‘nggi “Katta Dubulg‘a” turniri “US Open” g‘olibiga aylandi. Radukanuning AQSH ochiq chempionatidagi tarixiy g‘alabasi, shuningdek, unga VVC tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi unvonining topshirilishi misli ko‘rilmagan voqea sifatida qabul qilindi. Musobaqadan avval Radukanu Instagram’da 400 000 ga yaqin obunachiga ega edi. Endilikda ushbu ko‘rsatkich 2,1 millionga yetgan.

19 yoshli tennis malikasi shuningdek, Tiffany & Co, Evian water va Dior brendlari bilan shartnoma tuzgan. Biroq o‘zining ta’kidlashicha, asosiy e’tiborni moliyaviy raqamlarga emas balki tennisga qaratish niyatida:

“To‘g‘risini aytsam, bu ishlarni ota-onam va jamoamga qoldiraman. Men faqat o‘zim yaxshi ko‘radigan ishga, ya’ni raqobatga e’tibor qarataman”.

Ma’lumot uchun, Radukanu tennis bo‘yicha murabbiy Torben Baltini o‘z jamoasiga taklif qildi va 2022 yilgi mavsumni Avstraliyada boshlashni rejalashtirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis WTA Emma Radukanu British Airways

Baholaganlar

23

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing