19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab, uzib oldi

Olam

image

Qirg‘izistonda g‘ayritabiiy va hayratlanarli hodisa yuz berdi. Joriy yilning 8 noyabr kuni Manas tumanida 19 yoshli qiz 26 yoshli sevgilisining tilini tishlab, uzib oldi. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.

Jalolobod viloyati klinik shifoxonasi direktori Qumar Botokarayev yigit og‘ir jarohat bilan olib kelinganini tasdiqlagan.

“Yigitning til uchidan va pastki labining bir qismi chaynab tashlangan. Bemor operatsiya qilindi, zarar ko‘rgan joylar tiklandi. Hozir u jag‘-yuz jarrohligi bo‘limida davolanmoqda. Til tiklanishi mumkin. Bunday jarohatlar epilepsiya holatlarida uchraydi, lekin o‘pishish paytida – bu mening amaliyotimda birinchi marta”, deydi shifokor.

Ichki ishlar bo‘limi hodisa Jinoyatlar va huquqbuzarliklar yagona reyestrida qayd etilganini va tergov boshlanganini ma’lum qilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi S.N. 1999 yilda tug‘ilgan, qiz esa – A. J. 2006 yilda tug‘ilgan. Hodisa kuni ular do‘stining to‘yida bo‘lgan va spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

“O‘pishish paytida qiz yigitni tishlab, pastki lab va tilini shikastlagan. Aniqlanishicha, hodisa ishtirokchilari ongli va ruhiy kasalliklarga ega emas”, deydi huquq-tartibot organlari.

Manas Ichki ishlar bo‘limi tergov xizmati sud-tibbiy ekspertiza tayinlagan, tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada 19 yoshli yigit ikki ma’shuqasining boshini kesib, keyin o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Manas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing