180 ta iPhone’ni tanasi va yuklari orasiga yashirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining “Navoiy” chegara bojxona postida tana qismi va yuklar orasiga 180 dona iPhone rusumli telefonni yashirib, olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan 4 nafar shaxslar to‘xtatib qolingan. 

Qo‘shni davlatdan mamlkat hududiga piyoda xolda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning bel qismi va qo‘l yuklari orasiga jami 180 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilgani ma’lum bo‘lgan. 

Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 mlrd 80 mln so‘mni tashkil qilgan. 

Bildirilishicha, hozirda, xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida maxsus xizmatlar O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali chegaraning himoyasiz uchastkalari orqali sotiladigan mobil telefonlar va taqiqlangan preparatlarni olib kirish bilan shug‘ullangan kontrabandachilar faoliyatini to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Navoiy iPhone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing