O‘shda O‘zbekistonga telefon olib kiradigan kontrabandachilar ushlandi (video)
Olam
−
27 iyun 5845 1 daqiqa
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida maxsus xizmatlar O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali chegaraning himoyasiz uchastkalari orqali sotiladigan mobil telefonlar va taqiqlangan preparatlarni olib kirish bilan shug‘ullangan kontrabandachilar faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
“Kontrabanda tovarlari vaqtincha saqlanadigan joylar hamda jinoiy guruh a’zolarining uylarida tintuv ishlari o‘tkazildi. Natijada Qirg‘iziston Respublikasiga bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilmagan iPhone mobil telefonlari hamda mamlakatga olib kirish taqiqlangan dori vositalari musodara qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, jinoiy guruhning tashkilotchilari va faol ishtirokchilari — M.A.A., G.J.P. va M.O.Sh. qo‘lga olingan va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekistonga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berish kanalini tashkil qilgan jinoiy guruh qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi