17 yoshli Sharifa Davronova Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 2023
8386Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Xitoyda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik sportchi qayd etgan 14,09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmagan va shu tariqa Davronova 17 yoshida Osiyo o‘yinlari chempioniga aylangan.
Aytish joiz, Sharifa mazkur natijasi bilan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 16-oltin medalni taqdim qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) delegatsiya hisobiga 15-oltin medalni keltirgan edi. O‘zbekistonlik sportchi final bellashuvida eronlik Nosir Alizodani mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylangandi.
LiveBarchasi