O‘zbekistonlik yengil atletikachi Fransiyada o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
29 yanvar 2024
2298Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov Fransiyaning Nant shahrida o‘tayotgan xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘miati (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvarov 7.88 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mezbon atletlarga nasib etdi.
Bugungi kun dasturida O‘zbekiston vakillaridan Safina Sadullayeva ayni shu turnirda balandlikka sakrash sektorida qatnashadi. Shuningdek, ayni kunlarda Estoniyada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazayotgan Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etadi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar