Yengil atletika. Suhrob Xo‘jayev Osiyo o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarildi
Sport
−
30 sentabr 2023 8391 1 daqiqa
Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo o‘yinlarining 7-kunida yengil atletikaning osqon uloqtirish dasturi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashgan Suhrob Xo‘jayev mamlakat terma jamoasi va delegatsiya hisobiga dastlabki medalni taqdim qildi.
Bosqon uloqtirish sektorida qatnashgan Xo‘jayev 70,79 metr natija qayd etgan holda musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu dasturda oltin va kumush medallari Xitoy va Qatar vakillariga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi ayni damda jami 37 ta medal (10 ta oltin, 11 ta kumush, 16 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 5-pog‘onasini band etib turibdi.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust