Nega faqat Ronaldu qutqarishi kerak? – Bolt MYU uslubini tanqid qildi

Sport

image

Dunyoning eng tezkor odami va “Manchester Yunayted”ning ashaddiy muxlisi hisoblangan yamaykalik sprinter Useyn Bolt “qizil iblislar”ning hozirgi holati, ko‘rsatayotgan o‘yin uslubi, hamda natijalarini keskin tanqid qildi. 

“Ronaldu har bir o‘yinda “Manchester Yunayted”ni qutqarib qolmoqda. Nega, hamma ishni bitta futbolchi bajarishi kerak? MYU uzoq vaqtdan beri yaxshi futbol ko‘rsatmayapti. Jamoa juda bo‘sh va sust. Aleks Fergyuson murabbiy bo‘lgan paytda, u futbolchilardan g‘alabani talab qilgan bo‘lar edi. Klubda tajavuzkorlik yo‘qolib qolgan”, deydi Bolt 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 17 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Useyn Bolt yengil atletikaning sprint (yugurish) bahslarida (100 m, 200 m, estafeta x 400 m) Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 Olimpiadalari chempioni hisoblanadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Krishtianu Ronaldu Olimpiada Engil atletika Useyn Bolt Sprint

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing