Sharifa Davronova ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
17:41 501 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi yengil atletika bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Uch xatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Davronova 14,35 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Sharifa Davronova Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarida ham uch xatlab sakrash dasturida oltin медални qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda 17 yoshda bo‘lgan Davronova 14,09 metr natija qayd etgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Endi Sharifa Davronova Ayti–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqib, ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 26 taga (6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza) yetdi. Shu tariqa, O‘zbekiston umumjamoa hisobida Eron delegatsiyasini ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi