+168. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8200 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 168 nafarga ortib, 8199 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

•    151 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;

•    9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);

•    7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;

•    2 nafari aholi orasida)  va yana 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 2750 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing