16 yillik qidiruvdagi shaxs Olimpiadada hibsga olindi

Sport

image

Italiya politsiyasi 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari doirasidagi xokkey turniri sabab 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 fevral kuni 16 yil avval Italiya sudi tomonidan hibsga olish orderi chiqarilgan 44 yoshli Slovakiya fuqarosi qo‘lga olingan. U Finlyandiyaga qarshi o‘yinda milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun Italiyaga kelgan. Erkak 2010 yilda do‘kondan o‘g‘irlik qilish bilan bog‘liq bir qator jinoyatlar uchun bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani aytilmoqda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Milan shahridagi mehmonxonalardan biriga kirgan vaqtida qo‘lga olingan.

Erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya xokkey turnirining ilk uchrashuvida Slovakiya xokkey terma jamoasi Finlyandiya xokkey terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 22 fevral kunigacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey Olimpiya o'yinlari Italiya sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing