15 yilda ilk bor Isroil Prezidenti Turkiyaga boradi
Olam
−
15 fevral 2022
4782Isroil Prezidenti Isxak Gersog joriy yilning 9-10 mart kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda TRT telekanali xabar bergan.
Bundan tashqari, Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin va respublika Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat Onal 16 fevral kuni Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashish uchun Quddusga boradi.
Agar Gersog Turkiyaga tashrif buyursa, bu Isroil Prezidentining so‘nggi 15 yildagi respublikaga birinchi safari bo‘ladi. Turkiyaga tashrif buyurgan avvalgi Isroil Prezidenti 2007 yilda Turkiyaning o‘sha paytdagi rahbari Abdulla Gulning taklifiga binoan mamlakatga kelgan Shimon Peres bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar oyida Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil rahbarining respublikaga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi manba jurnalistlarga Gersog “bu taklifga ijobiy munosabat bildirganini” aytgan.
LiveBarchasi