Video: 15 yoshli o‘quvchi o‘zbekistonlik erkakning qotiliga aylandi
Olam
−
01 iyul 2019
16745Rossiyaning Leningrad viloyatida yuz bergan janjalda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati Sankt-Peterburgdagi konsulxona bergan ma’lumotga asosan xabar qildi.
Joriy yilning 28 iyun kuni Vsevolojsk tumani Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilgan.
Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan 29-iyun kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi rossyailik 15-yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.
LiveBarchasi