15 yoshli qizini zo‘rlagan otaga hukm o‘qildi 

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 15 yoshli qizini zo‘rlagan 42 yoshli otaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 42 yoshli erkak shu yilning fevral oyida qizini bir necha marta zo‘rlagan. Oqibatda voyaga yetmagan qiz homilador bo‘lib qolgan. 

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan sud jarayoni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarag‘anda viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan. Unda erkak o‘z aybini tan olgan, biroq jabrlanuvchi uning o‘z qizi emasligini va qizning o‘zi bunga rozi bo‘lganini aytgan.

“Ish bo‘yicha dastlabki tergov jarayonidagi tegishli molekulyar genetik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi qizning biologik otasi emasligi ma’lum bo‘ldi. Ammo bu vaziyatni yengillashtirmaydi, chunki jinoyat sodir etilayotgan vaqtda uni o‘z qizi deb bilgan, qizi esa unga otasidek munosabatda bo‘lgan”, deydi viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi raisi Bekzod Shalgimbayev.

Shuningdek, sud jarayonning boshqa tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortgan. Ma’lumotlarning ochiqlanishi voyaga yetmagan qizning keyingi hayotiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblagan. 

Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, erkak mamlakat Jinoyat kodeksining 120-moddasi (zo‘rlash) 4-qismi bilan aybli deb topilib, 20 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Qozog‘iston viloyatida o‘z farzandlarini zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Sud zo'rlash pedofil ota o'z qizini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing