15 yo 25?! Bosh prokuror Qibray hokimi o‘rinbosari yer sotayotganda qo‘lga tushganini aytdi

Jamiyat

image

Qibray tumani hokimi – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i J.Mashrapov 15 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 14-alpi majlisida Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qilgan. 

“Qibray tumani hokimining o‘rinbosari Mashrapov “Flower city” jamiyati rahbari Ahmedovga qariyb 10 gektar yer ajratib berish evaziga 15 ming dollar pora olgan. Bundan tashqari, Mashrapov o‘zi tashkil qilgan “Salom Mega Stroy” jamiyatiga tumanning turli hududlaridan jami 10 gektar yerni go‘yo issiqxona ajratish va sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ajratilishiga erishib, keyinchalik ushbu yer maydonlarini 60 ming dollarga sotib yuborgan”, deydi Bosh prokuror. 

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea 2020 yilning iyun oyida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Mashrapov Bosh prokuror aytganidek, 15 ming dollar emas, balki 25 ming dollar bilan qo‘lga tushgan. Ushbu holat “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada yoritilgan.  

Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, Zangiota tumanida Semurg‘ fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Toxirov fuqaro Petrikovga 70 sotix sug‘oriladigan yerni 380 ming dollarga sotishga kelishib, 50 ming dollarini olganida jinoyat ustida ushlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tkazilgan xatlovlarda 120 ming gektar ekin maydonlari noqonuniy ajratilgani, 11 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, 4 ming gektar yerda binolar noqonuniy qurilgani aniqlangan. Ekin maydonlarida noqonuniy qurilgan 32 mingdan ortiq ob’ekt buzdirilgan, 10 ming gshektar yer davlat zaxirasiga qaytarilgan. Hokimlarning ham 106 ming gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qonunga zid qarorlari bekor qilingan. Ayni paytda qonunni buzgan 5747 nafar mansabdorlar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Yerlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalalari qat’iy hal qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing