15 yashar bola maktabda o‘quvchi va o‘qituvchini o‘ldirdi
Olam
−
11 fevral 2019
19410Bugun, 11 fevral kuni Belarus Respublikasining Minsk viloyatida maktab o‘quvchisi o‘qituvchi va boshqa bir o‘quvchini o‘ldirdi. Bu haqda Minsk viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa Stolbsi shahridagi 2-o‘rta maktabda yuz bergan. Ta’kidlanishicha, 2003 yilda tug‘ilgan o‘quvchilardan biri o‘qituvchi va uch nafar o‘quvchini pichoqlagan. Hujumdan keyin u yashiringan, biroq huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
"O‘qituvchi va o‘smirlardan biri olgan jarohatidan halok bo‘ldi, qolgan ikki o‘quvchi zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi", deyiladi xabarda.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 53 yoshli geografiya o‘qituvchisi xalok bo‘lgan.
Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi va Minsk viloyati IIB rahbari yetib borgan. Belarus Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasi holat yuzasidan jinoiy ish ochgan.
LiveBarchasi