15 ta sigir, 2 ta qo‘y tiriklayin yondi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni Xorazmda 15 bosh qoramol va 2 ta qo‘y tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Hodisa Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i “Jayxun” MFYda joylashgan “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘indan molxonaning 80 kv metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan. 

Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kv metr maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qoramol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan. 

Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yaqinda shunga o‘xshash holat Buxoro viloyati Kogon tumani Yangihayot MFY Amirobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan molxonada sodir bo‘lgan edi. Yong‘in natijasida molxonada bo‘lgan 41 bosh qoramol yonib ketgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Qoramol

Baholaganlar

132

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing