15 ming dollar evaziga “Farxod bozori”dan joy qilib berishni vada qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
25 may 2019
3854Toshkent shahri hududidagi bozordan joy qilib berishni vada qilib, ikki nafar fuqarodan 15 ming AQSH dollari olgan shaxs qo‘lga олинди. Bu haqda O‘zA nashri ma’lum қилмоқда.
Keyingi paytlarda, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega бўлgaн tovarlar narx-navosini sun’iy oshirilishing oldini olish alohida e’tiborda.
Ichki iste’mol bozoriни himoya qilish, tadbirkorlarni bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.ga Uchtepa tumanidagi “Farhod dehqon bozori” AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1,8 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura xabariga кўра, mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi