15 avgustdan gaz va elektr energiyasi qimmatlashadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 15 avgustdan jamoat transportlarida yo‘l haqi, elektr energiyasi va gaz tariflari qimmatlaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 30 iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi hisoblagich bo‘lgan taqdirda, 380 so‘mni (hozirda 320 so‘m) tashkil qiladi. Hisoblagich yo‘q bo‘lsa, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun 1 kub/m narxi 660 so‘m bo‘ladi (hozirda 553 so‘m).

Maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun) 250 so‘mdan 295 so‘mgacha qimmatlaydi, ishlab chiqaruvchi va boshqa turdagi iste’molchilar uchun — 450 so‘m.

Hujjatga ko‘ra, 15 avgustdan shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari tariflari ham qimmatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun iste’mol to‘lovlari qimmatlashishi aytilgandi. Keyinroq bu bekor qilindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

424

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing