14 sentyabrdan bog‘chalar qay tartibda ochilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich ochiladi. Eng birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5-7 yoshdagi tarbiyalanuvchilari guruhlari faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga toza suv zaxirasi bo‘lgan holda, gigiyenik va dezinfeksiya vositalar bilan ta’minlangan taqdirdagina ruxsat beriladi. MTTlarning ochilishida xalq deputatlari Kengashlari va sanitariya-epidemilogik osoyishtalik agentligi va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi. 

"7 sentyabrdan 14 sentyabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida sinov tariqasida bittadan MTT ochilgan. 14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi o‘rinda, 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar uchun guruhlar ochiladi”, deydi vazir.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlari ochilishi kechikayotgani bu yoshdagi bolalarning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanmoqda. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bog'cha maktabgacha ta'lim tashkiloti

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing