13 yashar qizni zo‘rlagan sobiq Milliy gvardiya xodimiga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
18 Oktabr 2023
24116Bugun, 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudida 13 yoshli qizni zo‘rlangan Milliy gvardiya sobiq xodimi ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
“Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining sudyasi J. Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi”, deydi Obidov.
Bildirilishicha, sud hukmiga muvofiq sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi Oliy sud matbuot kotibining rasmiy bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, sudlanuvchi 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi sifatida ishlagan. Jinoyat sodir etilgan paytda esa u ishsiz bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, jinoyatchi mazkur holatni 2019 yilning yoz faslida Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir etgan. Jabrlangan qiz ota-onasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilgan. 2019 yilning yozida esa buvisining uyiga, Toshkent viloyati Qibray tumaniga kelgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda qiz 13, erkak esa 27 yoshda bo‘lgan. O‘sha kuni qiz dugonasi bilan birga bo‘lgan. Uyiga qaytayotganida voyaga yetmagan qizni buvisining qo‘shnisi Sh.Sh. (jinoyatchi) kuch ishlatib, bir binoga olib kirgan va o‘sha yerda uni zo‘rlagan. Qiz uzoq vaqtga qadar tahdidlardan qo‘rqib, bo‘lgan voqeani hech kimga aytmagan. 2022 yilning fevral oyida qizning ota-onasi bundan xabar topib, Sh.Sh.ni javobgarlikka tortish uchun AQSHdan Toshkent shahriga yetib kelgan. Buning uchun ular turli davlat tashkilotlariga ariza bilan murojaat qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Joriy yilning 29 iyul kuni mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, dastlabki sud majlislari o‘tkazilgan.
LiveBarchasi