13 may kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 65 bemor aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 13 may kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 65 ta yangi holat aniqlandi. Yangi bemorlarning 44 nafari Toshkenti shahrida qayd etilgan. 

Qolgan bemorlar viloyatlar kesimi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 kishi;

•    Namangan viloyati – 6 kishi;

•    Samarqand viloyati – 10 kishi; 

•    Sirdaryo viloyati – 2 kishi; 

Ayni vaqtda respublikada koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi 2612 kishini tashkil etmoqda. Ularning 2076 nafari yoki jami bemorlarning 79 foizi sog‘aygan. 13 may kuni 36 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lgan. 

Shu kuni koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri vafot etib, umumiy ko‘rsatkich 11 nafarni tashkil etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing