+125. Sirdaryo, Andijon va Qoraqalpog‘istonda yangi holatlar aniqlandi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
12155Bugun, 17 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125 nafarga oshib, 15607 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlar:
• 52 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 35 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
• 24 nafari Andijon viloyatida;
• 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 94 nafar, Qashqadaryo viloyatida 42 nafar, Samarqand viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 30 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Jizzax viloyatida 1 nafar, jami 220 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 9003 (+220) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 6525 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi