Toshkentda mikroavtobus 12 yo‘lovchisi bilan KamAZga urildi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul kuni Toshkentda bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmat xabar berdi.

YTH Yashnobod tumani Ohangaron shossesida yuz bergan. “Kichik taraqqiyot biznes” MCHJga tegishli 99-yo‘nalishda harakatlanuvchi Gazel rusumli mikroavtobus haydovchisi 34 yoshli Dilshod A. yo‘l chetida turgan 59 yoshli Rustam B. boshqaruvidagi KamAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Keyin Gazel o‘z harakatini davom ettirib, 24 yoshli Doniyor A. boshqaruvidagi treylerga urilgan.

YTH vaqtida Gazelda bo‘lgan 12 nafar yo‘lovchi va haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hodisada hech kim halok bo‘lmagan.

Hozirda YTH sabablari o‘rganilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH mikroavtobus

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing