12 ming dollar evaziga Koreyaga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Denov tumanida firibgarlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Denovda O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan. U oldindan 48 million so‘m va 2 000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, u muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSH dollari va 88 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Janubiy Koreya Firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing