12 ballik tizim faqat “GAI” jarima yozganda hisoblanadi
Jamiyat
−
25 fevral
8202Avvalroq, jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi ma’lum qilingandi. 12 ballik tizim faqat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Matbuot anjumanida qayd etilishicha, 12 ballik tizim faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi. Ko‘chadagi texnik vositalar orqali tuzilgan dalolatnomalar bundan mustasno.
Shuningdek, mastlik holatidagi shaxsni transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish yoki boshqarishni unga topshirish, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu Jinoyat kodeksining 261-1-moddasida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi