11 yoshli o‘zbekistonlik baxtsiz hodisada vafot etdi
Jamiyat
−
31 iyul 2019
3873Rossiyaning Primorsk o‘lkasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 25 iyul kuni Primorsk o‘lkasida 2011 yildan beri yashab, ishlab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi I.X. yurak xurujidan vafot etdi.
30 iyul kuni esa shu mintaqada baxtsiz voqea natijasida 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. olamdan o‘tdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini Vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi