11 sentyabr teraktlariga oid maxfiy hujjat ommaga e’lon qilindi
Olam
−
12 Sentabr 2021
20296AQSH Federal tergov byurosi Prezident Jo Baydenning farmoniga muvofiq 2001 yil 11 sentyabr teraktlariga oid birinchi maxfiylikdan chiqarilgan ma’lumotlarni e’lon qildi.
2016 yil 4 apreldagi hujjat Byuro agentlarining Saudiya Arabistonining Los-Anjelesdagi konsulxonasi xodimi bilan suhbati natijasiga ko‘ra tayyorlangan. Xususan, agentlar diplomatik idora xodimining samolyotni olib qochgan Navaf al-Xazmi va Holid al-Midxarning harakatlanishiga yordam bergan odamlar bilan aloqasi borligini aniqlagan. Suhbat 2015 yil 12-13 noyabr kunlari o‘tkazilgan.
Hujjat 16 varroqdan iborat va matnning ko‘plab joylari o‘chirilgan. Xususan, hujjatdan Amerika fuqaroligini olishga talabgor bo‘lgan manbaning ismi o‘chirilgan.
Avvalroq, Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi vaqtida bergan va’dasini bajarib, 11 sentyabr teraktlari bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruvlarning maxfiylashtirilgan ma’lumotlarini fosh qilishga ko‘rsatma bergandi.
LiveBarchasi