11 sentyabr terakti: amerikaliklar va’dasini bajarmagan Baydenga talab qo‘ydi

Olam

image

AQSHda 2001 yil 11 sentyabrda yuz bergan terakt munosabati bilan joriy yil o‘tkaziladigan xotirlash tadbirlariga mamlakat Prezidenti Jo Bayden qatnashishi noto‘g‘ri. 1800 ga yaqin amerikaliklar, shu jumladan terakt qurbonlarining qarindoshlari, favqulodda xizmat xodimlari va teraktdan omon qolganlar shuni xohlamoqda. Bu haqda NBC murojaat mualliflarining bayonotiga asoslanib xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, ular fojianing holati to‘g‘risidagi hukumat hujjatlarini ko‘rishni xohlayapti. Murojaat mualliflari hukumat hujjatlarida Saudiya Arabistoni rahbarlarining fojiaga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar bor, deb hisoblaydi. 

Ta’kidlanishicha, Bayden prezidentlikka nomzod bo‘lganida, fojia haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot berishga va’da bergan, ammo va’dasining ustidan chiqmagan. 

“Biz Prezident o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha, uni muqaddas joylarimizda qabul qila olmaymiz”, deyilgan murojaatnomada. 

Ma’lumot o‘rnida, 2001 yil 11 sentyabrda “Al-Qoida” guruhining 19 a’zosi to‘rtta fuqaro yo‘lovchi laynerini o‘g‘irladi. Ularning ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi minoralariga borib urildi. Uchinchi layner Pentagon binosini bosib o‘tdi. To‘rtinchi o‘g‘irlangan samolyot ham Vashingtonga qarab ketayotgan edi, lekin Pensilvaniya shtatidagi Shenksvill shahri yaqinida qulab tushdi. Teraktlar oqibatida, terrorchilarning o‘zidan tashqari 2 977 erkak, ayol va bolalar halok bo‘ldi, yana bir necha ming kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Bayden

Baholaganlar

475

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing