11 oyda O‘zbekistonga xorijdan qancha pul yuborilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 dekabr 2020
8366Joriy yil yanvar-noyabr davomida O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,44 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Qayd etish kerakki, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85 mln. dollarga yoki 2 foizga kam.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,08 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119 mln. doll. yoki 12 foizga oshdi.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,36 mlrd. dollarga yetdi.