11 oyda qancha muhojir O‘zbekistonga qaytgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2020 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida xorijga ishlashga ketgan mehnat migrantlarining 467 ming nafardan ortig‘i O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Jumladan, Rossiyadan – 257 ming, Qozog‘istondan – 129 ming, Turkiyadan – 14 ming, Koreya va boshqa davlatlardan – 66 mingdan ortiq vatandoshlarimiz qaytgan.

Qaytib kelgan fuqarolarning salmoqli qismi (49,0 foizi) chet davlatlarda qurilishning turli yo‘nalishlarida ishlab, tajriba orttirgan. Shuningdek, ularning 11,4 foizi sanoat korxonalarida, 7,8 foizi qishloq xo‘jaligi ishlarida, 10,5 foizi savdo va boshqa maishiy xizmat ishlarida, 21,2 foizi boshqa yo‘nalishlarda ishlab o‘z tajribalarini orttirgan. Bu esa ularni o‘z yashash manzillarida ishga joylashtirish jarayonida tegishli yo‘nalishlarni belgilab olish uchun muhim omil hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Vatanga qaytgan mehnat migrantlarini ichki mehnat bozoriga reintegratsiya qilish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish va eng muhimi ularning bandligini ta’minlash maqsadida avvalo, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar kontingentini aniqlab olish jarayonlari tashkil etilmoqda.

2020 yilning o‘tgan 11 oyi davomida Vatanga qaytgan mehnat migrantlarining 39 225 nafari (84 foiz) uyma-uy yurib o‘rganildi, 74 754 nafar (16 foiz) mehnat migrantlari bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

Monitoringlar natijasida quyidagilar aniqlangan:

1. Monitoring o‘tkazilgan fuqarolarning 268 267 nafari (57 foizi) bandligi ta’minlangan.

Shundan, mehnat organlarining bevosita yordami bilan, yil boshidan (jami 54 798 nafar):

•    15 385 nafari ABKM yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirildi;

•    9 721 nafari o‘zini-o‘zi band qilish vaqtinchalik mehnat guvohnomasi rasmiylashtirildi;

•    3 983 nafariga shaxsiy tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlarida (issiqxonalar qurish, ko‘chat va urug‘lar sotib olish, sug‘orish tarmoqlari sotib olish uchun) subsidiya mablag‘lari ajratildi;

•    25 709 nafari xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish orqali bandligi ta’minlandi. 

Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 213 469 nafari mustaqil ravishda o‘zini o‘zi band qilgan.

Shuningdek, xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarining 35 651 nafari (7,6 foizi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarga qaytib ketgan. 88691 nafari (19 foizi) vaqtincha ishsiz hamda 16325 nafari (4  foizi) turli sabablarga ko‘ra mehnatga layoqatsizligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing