10 yildan beri Suriyada bo‘lgan yana bir o‘zbek qidiruvga berildi
3-sahifa
−
13 aprel
132302014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Aziz Toshkentboyev qidiruvga berildi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Aziz Toshkentboyev Toyirovich 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Laqabi – “Iso chavandoz”. Millati – o‘zbek, o‘rta ma’lumotli. Muqaddam sudlanmagan.
"Aziz Toshkentboyev oilasidan ajralib, 2012 yilda ishlash maqsadida Turkiyaga borganidan so‘ng diniy aqidaparastlik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan va xalqaro terroristik tashkilotlar vakillari Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning ekstremistik chaqiriqlariga ergashgan. U 2014 yildan beri Suriyaga o‘tib, terrorchi guruhlar safida janglarda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.
Hozirda Aziz Toyirovich Toshkentboyevga nisbatan poytaxt IIBB tomonidan rasmiy qidiruv e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, IIB tomonidan bu kabi qidiruvlar ancha faollashib, avvalroq ham bir qancha shaxslar, xususan Abduvahob Abdurahimov, Jaloliddin Mansurov, Mirolim O‘lmasov, Dilshod Qodirov qidiruvga berilgan edi.
LiveBarchasi