10 yil deganda ilk bor Samsung va Apple smartfon savdosida yetakchilikni boy berdi
Texnologiya
−
30 iyul 2020
18463Dunyo smartfon bozorining yetakchilari Samsung va Apple bu safar o‘z o‘rnini xitoylik raqobatchisiga bo‘shatib berdi.
Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi birinchi bor smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung`ni ortda qoldirdi.
Kompaniya bunday ko‘rsatkichlarga joriy yilning ikkinchi choragi oxirida erishdi. Mutaxassislar fikricha, COVID-19 bo‘lmaganda bunda natijaga erishib bo‘lmagan bo‘lardi.
Tahlilchilarga ko‘ra, aprel-iyun oylarida Huawei 55,8 million dona smartfon. Samsung esa koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan muammolar tufayli 53,7 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Umumiy hisobda Huawei smartfonlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 foizga kam sotilgan, ammo Samsung smartfonlari savdosi 30 foizga qisqargan.
So‘nggi to‘qqiz yil ichida Samsung ham, Amerikaning Apple kompaniyasi ham dunyoda smartfonlar savdosida etakchilik qilishgan.
LiveBarchasi