10 trln so‘m ajratilgan jamg‘arma mablag‘lari nimalarga sarflanyapti?

Jamiyat

image

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan bugungacha 1,884 trln so‘m sarflangan. Bu haqda Moliya vazrligi ma’lumot berdi.

Avval e’lon qilingan jamg‘arma hisobiga kirim qariyb ikki baravarga ko‘paygan 1,596 trln so‘mdan dan 3,5 trln so‘mga yetgan. Xarajatlar esa 756 mlrd so‘mdan 1,130 trln so‘mgacha o‘sgan.

Energetika sohasi 

Shu vaqtacha eng ko‘p mablag‘ energetika sohasi barqarorligini ta’minlash uchun sarflangan – jami 901 mlrd so‘m. Ushbu mablag‘ning 500 mlrd so‘mi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga va qolgan 401 mlrd so‘m esa O‘zbekneftgaz AJga subsidiya sifatida ajratilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Jamg‘arma Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligigiga 425 mlrd so‘m o‘tkazgan. Ushbu summadan 270 mlrd so‘m test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun sarflangan. Hududiy markazlarga 131 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. 72 mlrd so‘m fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena tovarlari va boshqa harajatlarga, 18 mlrd so‘m jamoat joylarini dezinfeksiya qilish ishlariga, 8 mlrd so‘m epidemiologik holat bilan kurashish bo‘yicha tadbirlarga sarflangan.

Karantin tadbirlari va koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun 10 mlrd so‘m sarflangan. Yana ko‘shimcha 3 mlrd so‘mga teng mablag‘ karantinga olingan fuqarolarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Shifoxonalarni qurish va jihozlash

Jami 411 mlrd so‘m shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun sarflangan. Ushbu mablag‘ning 286 mlrd so‘mi 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 111 mlrd so‘m 20 ming o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun, 10 mlrd so‘m diagnostika laboratoriyasi majmuasining rekonstruksiyasiga, 4 mlrd so‘m tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun sarflangan.

Ijtimoiy soha

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ijtimoiy sohaga jami 147 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Bunda, 60 mlrd so‘m kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga; 50 mlrd so‘m band bo‘lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasiga; 26 mlrd so‘m ijtimoiy nafaqalarga, 11 mlrd so‘m “Toshkent metrooliteni” va “Toshshahartransxizmat” xodimlariga ish haqi to‘lash uchun ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Inqirozga qarshi jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tuzildi va jamg‘armaga 10 trln so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz jamg'arma

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing