10 oyda O‘zbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgan?
Jamiyat
−
24 noyabr 2021
3730O‘zbekistonda joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumot berdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4,9 mlrd. kVt soatga oshgan. O‘sish sur’ati 9,4 foiz.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
• Toshkent viloyati – 23,2 foiz;
• Sirdaryo viloyati – 22,2 foiz;
• Qashqadaryo viloyati – 19 foiz;
• Navoiy viloyati – 16,1 foiz.
Avvalroq joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingani, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga ko‘pligi haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.