10 oyda 45 kg ozgan bloger o‘z siri bilan o‘rtoqlashdi
Bu qiziq
−
21 aprel 2023
20830Bloger va kouch Kristi Makkammon qanday qilib oziq-ovqatga qaramlikdan qutulganini va 10 oy ichida 45 kilogrammga ozganini aytib berdi. Bu haqda “Newsweek” nashri yozdi.
Makkammonning tan olishicha, u bolaligidan ko‘p ovqat va shirinliklar iste’mol qilishga odatlangan va tez-tez stressni boshidan kechirgan.
“Vaqt o‘tishi bilan shakar mening ishonchli tasalli beruvchi do‘stim bo‘ldi, u doim yonimda bo‘lgan, hech qachon janjallashmagan, men bilan bahslashmagan va meni xafa qilmagan. U mening hayot sherigim bo‘ldi”, deb tushuntirdi u.
Shirinlik iste’mol qilgan Makkammon o‘zini xavfsiz his qilgan. Bundan tashqari, u doimo haddan tashqari ko‘p ovqatlangan. Hattoki u o‘zini to‘la his qilganda ham tannovul qilishdan to‘xtay olmagan.
Shu bilan birga, Makkammon har doim noto‘g‘ri ovqatlanish odatlaridan voz kechishni va ozishni xohlagan, lekin uzoq vaqt davomida u hayotini o‘zgartirishga kuch topa olmagan. U do‘stlari va oila a’zolaridan semizligi tufayli uzoqlasha boshlaydi.
2017 yilda Makkammon 45 yoshga to‘lganida va unga hayot hech qachon yaxshilanmaydigandek tuyulganida, u shakar va qayta ishlangan ovqatlardan voz kechishga qaror qildi. Ayol sog‘lom ovqatlanishni tanladi va kuniga uch mahal taom yeyishni boshladi. Makkammon birinchi oyda uning ovqatlanish rejimini o‘zgartirish qiyin bo‘lganini tan oldi, lekin u irodasi mustahkam ekaniga ishondi. Vasvasalarga qarshi turish uchun u chuqur nafas oldi, to‘xtadi, ibodat qildi va zararli ovqatlardan uzoqlashdi. Shuningdek, uni do‘stlari ham juda qo‘llab-quvvatladi.
O‘n oy ichida Kristi 45 kilogramm vazn yo‘qotishga va nosog‘lom ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni yengishga muvaffaq bo‘ldi. U kuniga uch mahal ovqatlanishni davom ettirdi va endi ovqatlanish oralig‘ida ovqat yeyishni xohlamaydi. Makkammon nonushta uchun banan va yogurt bilan jo‘xori uni yoki yeryong‘oq moyi va banan qo‘shilgan guruch kekslarini iste’mol qiladi. Tushlik uchun u sabzi, selderey, qaynatilgan tuxum va ko‘k mevalarni tannovul qiladi. Uning kechki ovqatidan esa mol, tovuq yoki baliq go‘shtlari va sabzavotli salat o‘rin olgan.
Blogerning fikricha, endi u nihoyat ozodlikka erishdi va doimiy aybdorlik hissidan azob chekmaydi. U odamlarga oziq-ovqatga qaramlikni yengishga yordam beradigan va sog‘lom ovqatlanish haqida muntazam ravishda bloglar yuritishni boshladi.
LiveBarchasi