10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi 

Jamiyat

image

2023 yil birinchi yarmida 9340 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining migratsiya holati bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlariga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Ushbu davr mobaynida 205 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davriga nisbatan 38,2 ming kishiga kamaygan. 

Statistikaga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olishda Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 87 ming, ikkinchi o‘rinda Ukraina fuqarolari – 39 ming, Armaniston esa uchinchi o‘rinda – deyarli 18 ming. 

Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (13 876) va Qirg‘iziston (10 500) joy olgan. O‘zbekistonliklar esa Rossiya pasportini olish bo‘yicha oltinchi eng katta ko‘rsatkichni qayd etgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya fuqaroligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing