Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi
Olam
−
10:12
4673Rossiyada boshpana topgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadga fuqarolik berish taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlyov ma’lum qildi.
“Har yili yetti yuz mingga yaqin odam Rossiya pasportini oladi va menga ishoning, ularning aksariyati taniqli odamlar emas. Rossiya barcha ittifoqchilariga, hatto, mag‘lub bo‘lganlariga ham insoniy munosabatda bo‘ladi. Bu bilan mamlakat do‘stlarini tezda keraksizga chiqaradigan AQSHdan tubdan farqlanadi. Shuning uchun, agar Yanukovich Rossiya fuqaroligini olishga erishgan bo‘lsa, nega Rossiya uchun ancha-muncha ish qilgan Asadga ham fuqarolik bermaslik kerak?” deydi Juravlyov.
“Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada allaqachon Asad va uning yaqinlariga tegishli uylar mavjud. Xususan, Asadning qarindoshlari va yaqinlari 2019 yilda “Moskva-Siti”dan umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan kamida 19 ta kvartira sotib olgan. Sobiq davlat rahbarining akasi Hofiz Mahluf 13 ta kvartiraga egalik qiladi, Asadning amakivachchasi Rami Mahlufning xotini esa ikkita xonadonni o‘z mulkida saqlaydi. Sobiq prezidentning amakivachchalari yana to‘rtta uy-joy sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashar Asad Rossiyaga qochganida o‘zi bilan 135 milliard dollar olib ketgani xabar qilingandi.