10 maydan o‘qituvchilar yoppasiga ta’tilga chiqariladimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda 2019-2020 o‘quv yili barvaqtroq yakunlanishi va o‘qituvilar 10 maydan ta’tilga chiqarilishi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’lim sohasi rahbarlari ishtirokidagi brifingda mishmishlarni inkor qilib, masalaga oydinlik kiritdi.

“10 maydan o‘qituvchilar mehnat ta’tiliga chiqishi haqidagi ma’lumotlar asossiz.

Shu o‘rinda, hozirda ta’tilda bo‘lgan tizim xodimlari bor. Ularning ta’til muddati yakunlanmoqda. Bu masala bo‘yicha yaqin kunlarda hukumat qarori qabul qilinishi kerak. Qaror chiqqanda qo‘shimcha izoh beriladi”, dedi Sherzod Shermatov.

Avvalroq, karantin vaqtida maktab rahbariyatining o‘qituvchilardan sinflarni ta’mirlashni talab qilishi noto‘g‘ri ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Sherzod Shermatov

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing