10 kun ichida O‘zbekistonning Energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

Joriy yil 25 dekabrga qadar O‘zbekistonning Energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda bugun, 14 dekabr kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli topshiriq berildi.

Yig‘ilishda, prokuratura, bojxona qo‘mitasi, ichki ishlar, energetika, favqulodda vaziyatlar, suv xo‘jaligi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, O‘zenergoinspeksiya, gaz, elektr ta’minoti va strategik korxonalar hamda boshqa mas’ul idoralar ishtirok etdi. 

Bosh prokuratura, Energetika vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, yirik strategik korxonalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzib, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda joriy yil 25 dekabrga qadar mamlakatning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshirig‘i berildi. 

Yig‘ilish ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitilib, konsepsiya loyihasini ishlab chiqishga kirishildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Energetika xavfsizligi kontseptsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing