Universitetga yetti ming dollarga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi

Jamiyat

image

Hademay O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi. Ushbu jarayonda shaffoflikni ta’minlab, o‘qitishga kiritish bahonasida turli ta’magirlik, poraxo‘rlik holatlarining oldini olish alohida e’tiborda.

Biroq, mavsum boshlanishi bilan bu jarayondan foydalanib qolishni ko‘zlaydiganlar asta-sekin paydo bo‘laveradi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Texnologiya va servis xizmati” kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan.

Ammo firibgarlar o‘z niyatiga yeta olmadi. Ularni “mijoz”dan pulni olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing