+1. Toshkentda 43 yashar bemor vafot etdi
Jamiyat
−
06 iyul 2020
11931O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan yana bir nafari vafot etdi. Mamlakatda qurbonlar 36 taga yetdi.
Uchtepa tumanida yashovchi A. (erkak kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan.
Joriy yil 2 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasiga ko‘ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.
43 yoshli bemorga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi