1-sinfga qabul jarayoni 6 iyuldan boshlanadi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
78942020-2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilarining qabul jarayoni joriy yilning 6 iyul kunidan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlari 6-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida va 1-25 avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari qabul qilinadi.
Ta’kidlanishicha, bu tadbirlarning barchachi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.
1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1.Direktor nomiga ariza;
2.Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
3.Ota-onaning pasport nusxalari;
4.Bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
5.Bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
Xalq ta’lim vazirligining eslatishicha, Maktab yoshiga to‘lmagan bolani maktabga berib qiynagandan ko‘ra, maktabgacha tayyorlov tashkilotlariga yuborgan ma’qul. Shu maqsadda, “tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi”, deyiladi vazirlik taqdim etgan ma’lumotda.
Bundan tashqari, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishini oldini olish maqsadida hujjat topshirish jarayoni onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.
“Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilida Respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi