1-sinf o‘quvchilariga fevralda qo‘shimcha ta’til berilmaydi
Jamiyat
−
17 fevral 2022
4299O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmaydi. Bu avvalroq qishki ta’til uzaytirilgani bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, qishki ta’til mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi uzaytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgan edi.
LiveBarchasi