Yuridik shaxslar uchun “svet” va gazning narxi oshadi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2023
11610Joriy yilning 1 oktyabridan kuchga kiradigan yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlandi. Bu haqdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldi. Ya’ni 1 oktyabrdan so‘ng ham aholiga elektr energiyasi 295 so‘mdan, tabiiy gaz 380 so‘mdan va suyultirilgan gaz 1120 so‘mdan sotiladi. Faqat quyidagi yuridik shaxslar uchun tariflar oshirilgan:
- OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, byudjet tashkilotlari uchun elektr energiyasi tariflari 1 kVt soat 1 000 so‘m, boshqa tashkilotlarga 900 so‘m etib belgilangan.
- Tabiiy gaz esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, byudjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘m, boshqa tashkilotlar uchun 1 500 so‘m bo‘lishi taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq aholi uchun elektr energiyasi tariflarini oshirish hamda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish 2024 yilning may oyiga rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi