1 oktyabrdan ayrim tovarlar importida QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab quyidagi tovarlar importida qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozlar bekor qilinadi:

– asbest (toshpaxta), ko‘mir, yog‘och va taxta mahsulotlari, uglevodorod xom ashyosi;

– soya urug‘i, kungaboqar va kunjut urug‘i, yog‘-moy xom ashyosi, shakar xom ashyosi;

– qishloq xo‘jaligi texnikalari, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar, material va texnologik jihozlar.
 


Maqola muallifi

Teglar

import ayrim

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing